Toshkent viloyati delegatsiyasi Xitoyning Tyanzin, Uxan, Shendjen, Guvandjou, Xoton hamda Pekin provinsiyalarida boʻlib, elektrotexnika, qurilish marteriallari, toʻqimachilik sanoati, sogʻlikni saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish, chinni va keramik mahsulotlar ishlab chiqarish shuningdek IT park tashkil etish kabi qator loyihalarni viloyatda tatbiq etish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.
Misol uchun, dastlabki qiymati 20 million dollari, deya baholangan Zangiota tumanida diognostika va sogʻlomlashtirish markazini qurish, 25 million dollarlik ijtimoiy obyektlarni bir martalik taomlar bilan taʼminlash va ketring xizmatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, umumiy qiymati 2 milliardga yaqin Ohangaronda fotoelektrostansiyasini qurish loyihalari, shular jumlasidandir.
Yangiyoʻl shahriga sarmoya kiritishga qiziqish bildirgan xitoylik investorlar hududda kichik sanoat zonasini tashkil etish va boshqarish, turar-joy massivini rivojlantirish va eskirgan uy-joylarni taʼmirlash, zamonaviy bogʻ tashkil etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratishdi.
Xoton viloyatida oʻtkazilgan biznes vakillarining muhokama yigʻilishida ham farmatsevtika mahsulotlari, metalkonstruksiyalar, suʼniy tola va ip ishlab chiqarish loyihalari boʻyicha ham 90 million dollarga yaqin mablagʻlar kiritish reja qilindi.
Eng asosiysi, hamkorlikda Nurafshon shahar hamda Zangiota tumanida jami 200 gektar yer maydonida industrial sanoat zonalarini tashkil etish yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122700 | Инструменты