O‘zbek futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan serbiyalik mutaxassis Nikola Lazarevich Navoiyning “Qizilqum” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Konchilar 46 yoshli mutaxassis bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
E’tiborlisi, Lazarevich “Qizilqum”ga begona emas. U 2022 yilda jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan va o‘sha yili Navoiy klubi o‘z tarixidagi eng kuchli tarkib bilan O‘zbekiston chempionatida 5-o‘rinni egallagan.
Ma’lumot uchun, Lazarevich Tojikiston, Xitoy va boshqa ko‘pgina mamlakatlar klublarida bosh hamda yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Karerasi davomida Tojikiston chempionligi va kubogini qo‘lga kiritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122711 | Инструменты