AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zini keyingi ma’muriyatning siyosati va kadrlar qarorlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan texnologik magnatlar guruhi bilan o‘rab oldi. Bu haqda NBC News telekanali xabar berdi.
Gap Trampning uchta asosiy ittifoqchisi haqida ketmoqda. Ulardan biri — Ilon Mask. Tramp ma’muriyatida u biznesmen Vivek Ramasvami bilan birgalikda hukumat samaradorligini oshirish va byurokratiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi agentlikka rahbarlik qiladi.
Tramp maʼmuriyatning sunʼiy intellekt va kriptovalyuta sohasidagi siyosati uchun masʼul bo‘lgan lavozimga nomzodini ko‘rsatgan tadbirkor va investor Devid Saks hamda investor Piter Til ham saylangan prezidentga yaqin bo‘lgan shaxslar ro‘yxatidan joy olgan.
Tramp odatda lavozimlarga tayinlash uchun siyosiy ma’lumotga ega odamlarni, jumladan, Kongress a’zolari, respublikachi gubernatorlar va uning saylovoldi tarafdorlarini tanlaydi, deb yozadi NBC News.
Shu bilan birga, asosiy o‘rinlarning bir qismi texnologiya sanoatining yetakchi shaxslari tomonidan to‘ldirilishi mumkin. Xususan, Uber’ning biznesni rivojlantirish bo‘yicha sobiq direktori Emil Maykl Pentagonda muhim lavozimni egallashi mumkin. Vitse-prezident etib saylangan Jeyms Devid Vensning bosh yordamchisi Geyl Sleyter Adliya vazirligining monopoliyaga qarshi kurash bo‘limiga rahbarlik qilishi taxmin qilinmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122714 | Инструменты