Huawei 1
YeTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) 20 MVt quvvatga ega elektrolizator va qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish uchun 52 MVt quvvatga ega yangi shamol elektr stansiyasini quradi. Mazkur loyihalarga 65 million dollar ajratiladi.

YeTTB mablag‘lari ACWA Power UKS Green H2 kompaniyasiga qurilmani ishlab chiqish, loyihalash, qurish va ishlatish uchun beriladi.

Moliyaviy paketga YeTTBdan 55 mln dollarlik kredit va Kanada tomonidan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yuqori daromadli sheriklik jamg‘armasi orqali taqdim etilgan 10 mln dollargacha imtiyozli moliyalashtirish kiradi. Bundan tashqari, YeTTB 5,5 mln dollargacha oraliq kredit berishni rejalashtirmoqda.

Ushbu zavod 2022 yilda Misrda shunga o‘xshash loyihani muvaffaqiyatli qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng, qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha YeTTBning ikkinchi loyihasi bo‘ladi.

Qurilish tugagandan so‘ng har yili uch ming tonnagacha o‘g‘it ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты