27-iyundan Moskva birjasida o‘zbek so‘mi bo‘yicha savdolar boshlanadi

Joriy yilning 27-iyundan Moskva birjasi valyuta bozorida o‘zbek so‘mi, arman drami va Janubiy Afrika randi bo‘yicha savdolar boshlanadi. Bu haqda Moskva birjasi rasmiy sayti xabar berdi.

Yangi valyutalar bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytirishi ta'kidlandi.

Treyderlar va ularning mijozlari quyidagi valyuta juftliklari uchun spot va almashtirish vositalaridan foydalanishlari mumkin:

* Janubiy Afrika randi – Rossiya rubli (ZAR/RUB);
* AQSh dollari - Janubiy Afrika randi (USD/ZAR);
* Arman drami - Rossiya rubli (AMD/RUB);
* AQSh dollari – Arman drami (USD/AMD);
* O'zbek so'mi - Rossiya rubli (UZS/RUB).

BAA dirhami – Rossiya rubli (AED/RUB) va AQSh dollari – BAA dirhami (USD/AED) valyuta juftliklarida savdoning boshlanishi keyinroq e’lon qilinadigan bo'ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты