O‘tgan hafta davomida, yaʼni 19-25-fevral kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 875,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 26,2% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 63,1% birja savdolariga, qolgan 36,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 815,1 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Sement
O‘tgan haftada birja savdolari orqali 110 150,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 22 030,0 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 565,4 ming so‘mdan 506,7 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 30 ta xaridor ishtirok etdi.
Suyultirilgan gaz
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 8 286,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 6 526,0 tonnasi, yaʼni 78,8% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 178 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 658,0 ming so‘mdan 5 222,8 ming so‘mgacha pasaygan.
Shrot
Birja savdolariga 16 786,0 tonna shrot qo‘yildi va uning 5 583,0 tonnasi, yaʼni 33,3% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 18 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda Shrot bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 031,3 ming so‘mdan 3 861,2 ming so‘mgacha pasaydi. Shrotning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 117,0 tonnani tashkil qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122706 | Инструменты