O‘tgan hafta davomida, yaʼni 22 - 28-aprel kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 991,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 13,1% ga kamdir.
Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 79,1% birja savdolariga, qolgan 20,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 365,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Sement
O‘tgan haftada birja savdolari orqali 220 672,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 44,1 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 552,6 ming so‘mdan 517,1 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 82 ta xaridor ishtirok etdi.
Shakar
O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 13 501,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 9 120,0 tonnasi, yaʼni 67,6% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 191 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 887,7 ming so‘mdan 12 861,8 ming so‘mgacha pasaygan.
Ammofos
Birja savdolari orqali 1 793,0 tonna ammofos sotildi. Ammiakli selitraning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 359,0 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 143 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammofos bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 204,4 ming so‘mdan 7 012,8 ming so‘mgacha pasaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты