Joriy yilning 18 – 24-sentyabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 4 080,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan 27,3% ga ko‘pdir.
Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 60% birja savdolariga, qolgan 40% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 430,7 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Un
O‘tgan haftada birja savdolariga 63 587,0 tonna un qo‘yildi va uning 20 692,0 tonnasi, yaʼni 33% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 600 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda unning barcha navlari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 401,8 ming so‘mdan 4 150,9 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 4 138,0 tonnani tashkil qildi.
Shakar
Birja savdolariga 25 500,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 12 447,0 tonnasi, yaʼni 49% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 56 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 232,4 ming so‘mdan 12 176,1 ming so‘mgacha pasaygan.
Sement
O‘tgan haftada birja savdolari orqali 48 959,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 9,8 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 662,8 ming so‘mdan 657,1 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 77 ta xaridor ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101004 | Инструменты