O‘tgan hafta davomida, yaʼni 10-16-mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 57 649 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 0,3% ga kamdir. Ularning 60,8% birja savdolariga, qolgan 39,2% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 102,1 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 440 ta avtoraqamlar sotildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 35 067 ta bitim tuzildi.
Un
O‘tgan haftada birja savdolariga 40 097,0 tonna un qo‘yildi va uning 11 783,0 tonnasi, yaʼni 29,4% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 168 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 571,6 ming so‘mdan 3 536,2 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 2 946,0 tonnani tashkil qildi.
Sheluxa
Birja savdolariga 12 053,0 tonna sheluxa qo‘yildi va undan 7 480,0 tonnasi, yaʼni 62,1% sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sheluxa bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 064,5 ming so‘mdan 2 689,9 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 19 ta xaridor ishtirok etdi.
Ammofos
O‘tgan hafta davomida birja savdolari orqali 9 041,0 tonna ammofos sotildi. Ammofosning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 260,0 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 626 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammofos bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 6 960,4 ming so‘mdan 6 953,1 ming so‘mgacha pasaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31804 | Инструменты