O‘zbekistonda 2025 yilda 252 nafar hokim yordamchisi korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi — Antikorrupsiya agentligi

O‘zbekistonda 2025 yilda sudlar tomonidan jami 153 ta jinoyat ishi bo‘yicha 252 nafar hokim yordamchisi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Oliy sud taqdim etgan maʼlumotlarga tayanib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi xabar berdi.

Jumladan:

  • ularning 37 nafariga ozodlikdan mahrum qilish;

  • 38 nafariga ozodlikni cheklash;

  • 160 nafariga axloq tuzatish ishlari;

  • 12 nafariga esa jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, 5 nafariga boshqa jazo choralari qo‘llangan.

«Korrupsiya qarshi kurashish agentligi har bir davlat organi va tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, kelgusida ham uslubiy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini maʼlum qiladi», — deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31313 | Инструменты