Huawei 1
UZEXda 3 077,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, un, sement va karbamit narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 7-13-oktabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 077,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 24,4% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 81,4% birja savdolariga, qolgan 18,6% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 505,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Un

Birja savdolariga 46 150,0 tonna un qo‘yildi va uning 8 186,0 tonnasi, yaʼni 17,7% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 102 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 783,2 ming so‘mdan 3 664,8 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 637,0 tonnani tashkil qildi.

Sement

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 127 951,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 25,6 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 578,1 ming so‘mdan 538,5 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 76 ta xaridor ishtirok etdi.

Karbamid 

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 35 926,0 tonna karbamid qo‘yildi va uning 5 098,0 tonnasi, yaʼni 14,2% qismi sotildi.O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 44 ta xaridor ishtirok etdi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markali karbamidning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 501,4 ming so‘mdan 3 492,9 ming so‘mgacha pasaygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110604 | Инструменты