Huawei 1
Turkiyada mashg‘ulot samolyoti halokatga uchradi

Turkiyaning Isparta viloyatidan havoga ko‘tarilgan o‘quv samolyoti Dengizli viloyatining Chal shahrida majburiy qo‘nish payti halokatga uchradi. Bu haqda Turkiyaning “Yuzhaber” nashri ma’lum qildi.

Hodisa kecha, 1 yanvar kuni yuz bergan. Halokatga dalada suruvini o‘tlatayotgan cho‘pon guvoh bo‘lgan va hududga zudlik bilan jandarmeriya, sog‘liqni saqlash va yong‘in o‘chirish jamoalari yuborilgan.

“Taxminan soat 12:00 da samolyotning dalaga qulaganini bildik. Darhol hududga yetib bordik. Cho‘pon samolyot qulashidan oldin atrofda bo‘lgan va bizni yordamga chaqirgan. Samolyot ag‘darilgan holatda edi, lekin uchuvchining ahvoli yaxshi. Uchuvchini tez yordam mashinasiga olib o‘tkazdik”, degan Isabey mahallasi raisi Hasan Ekiji samolyot halokati haqida bergan bayonotida.

Dalaga teskari qulagan samolyot  halokatida hech qanday inson talafoti qayd etilmagan bo‘lsa-da, uchuvchi Shukru Yigit Devebajak yengil tan jarohati bilan hududdagi tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan yordamdan so‘ng Chal davlat shifoxonasiga olib borilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10505 | Инструменты