Huawei 1
Galant Knessetdan ham iste’foga chiqdi

Isroilning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galant xaredim (o‘ta ortodoksal yahudiy)larning harbiy xizmatdan ozod etilishiga norozilik sifatida Knesset (parlament) a’zoligidan iste’foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda KAN telekanali xabar berdi. 

Galant Knesset a’zoligidan iste’foga chiqqan bo‘lishiga qaramay Bosh vazir Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi “Likud” partiyasi a’zosi bo‘lib qolmoqda.

Galant o‘z qarorini izohlar ekan, hukumat a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan xaredimlarning harbiy xizmatdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qonun bilan bog‘liq holda shunday qadamga kelganini ta’kidlagan. Sobiq vazirning fikricha, hukumat “Isroil armiyasi ehtiyojlari va davlat xavfsizligiga zid bo‘lgan harbiy chaqiruv qonunini” qo‘llab-quvvatlamoqda.

Galant hukumatning harakatlarini tanqid qilib, u hali ham a’zo bo‘lishni davom ettirayotgan "Likud" partiyasining qadriyatlariga ishonishini aytgan.

Ma’lumki, sobiq mudofaa vaziri Yoav Galant Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan munozarali sud-huquq islohoti va xaderimlarni armiyaga chaqirish borasida kelishmovchiliklarga duch kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10504 | Инструменты