Huawei 1
O'zbekistondagi bank tizimida muammoli kreditlar ulushi 1 oktyabr holatiga ko'ra, 16,8 trln so‘mni  tashkil etmoqda

Bank tizimida muammoli kreditlar (NPL) ulushi 2023 yil 1 oktyabr holatiga 3,7 foizni (16,8 trln so‘m) tashkil etmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1% bandga pasaygan.

Bunda, korporativ kreditlarning NPL qismi mos ravishda 0,5% bandga pasayib, 4,2% ni, chakana kreditlarda esa 2% bandga pasayib, 2,6% ni tashkil etgan. Hisobot sanasiga NPLning 60 foizini milliy valyutadagi va 40 foizini xorijiy valyutadagi kreditlar tashkil etsa, mijozlar qirqimida 22 foizi jismoniy shaxslar va 78 foizi korporativ mijozlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarda NPL ulushi 2,6% ni tashkil etib, bunda iste’mol kreditlari bo‘yicha
8,5% ni (75 mlrd so‘m), ipoteka kreditlarida 1,5% ni (804 mlrd so‘m), mikroqarzlarda 1,6% ni (336 mlrd so‘m) va avtokreditlarda 0,7% ni (273 mlrd so‘m) tashkil etgan. 

Kredit qo‘yilmalarida NPL ulushi tarmoqlar qirqimida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishda 9,2%, savdo va umumiy xizmat sohasida 7,7%, qurilish sohasida 7,6%, qishloq xo‘jaligida 5,7% va sanoat sohasida 3,6% darajasida shakllangan.

Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan tarmoqlar kesimida NPL ulushi uy-joy kommunal xizmatlar sohasida 3,3% bandga oshgan bo‘lsa,  qurilish sohasida 2,4% bandga, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 0,9% bandga hamda qishloq xo‘jaligida 0,6% bandga pasaygan. Tijorat banklari kredit portfelidagi NPLning ulushi bo‘yicha guruhlanganda 24 ta bankda 3% gacha (bank tizimi jami aktivlarida ulushi 40%), 4 ta bankda 3,1% dan 5% gacha oraliqda (bank tizimi jami aktivlaridagi ulushi 43%) va 7 ta bankda 5,1% dan yuqori bo‘lib, ularning jami aktivlardagi ulushi 17% ni tashkil etgan.

Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan tizim bo‘yicha NPLning kamayishi natijasida NPL ulushi 3,1% dan yuqori bo‘lgan banklarda NPL 3% dan past guruhga ko‘chishi kuzatilgan. Bunda, kredit portfelidagi NPL ulushi 3,1 dan 5% gacha bo‘lgan banklar soni 8 taga, 5,1% dan yuqori bo‘lganlari soni esa 3 taga kamaygan. 

Kredit xatarlarining banklar moliyaviy barqarorligiga bo‘lgan salbiy ta’sirini yumshatish maqsadlarida banklar tomonidan shakllantirilgan jami zaxiralar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26% ga oshgan.

Banklarda muammoli kreditlarning zaxiralar bilan qoplanish darajasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26% bandga oshib, 2023 yil 1 oktyabr holatiga 110,2% darajasida shakllangan. Sof NPL1ning kapitalga nisbati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3% bandga kamayib, 9,9% ni tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52410 | Инструменты