Oliy Davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.
Xususan, “Markaziy Osiyo” Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va “Tenge Bank”ning Toshkentdagi yangi bosh ofisi ishga tushirildi.
Shuningdek, “Silkway Central Asia” ko‘p tarmoqli logistika markazi, chiziqli alkilbenzol ishlab chiqarish quvvatlari, Yangi Toshkentda “Ostona” mavzesi hamda poytaxtlarda “Toshkent” va “Ostona” mehmonxona majmualari qurilishi boshlandi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ushbu loyihalar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111519 | Инструменты