Saneg yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ining operatori bo‘lmish SEG Tasco kompaniyasi avtomobillarga yoqilg‘i quyish jarayonini yanada osonlashtiruvchi va qulaylashtiruvchi mobil ilovani ishga tushirdi.
Yangi raqamli mahsulot barcha zarur xizmatlarni bir joyda mujassamlashtirgan – tarmoqning eng yaqin yoqilg‘i quyish shoxobchasini topishdan tortib, yoqilg‘i uchun to‘lovni kutmasdan amalga oshirishgacha.
Ilova foydalanuvchilari quyidagi imkoniyatlarga ega:
Buning natijasida yoqilg‘i quyish jarayoni eng qulay tarzda amalga oshiriladi – endi barcha kerakli narsalar mobil telefonda mavjud.
Saneg bosh direktori shunday dedi:
"SEG Tasco kompaniyasi Saneg tarkibidagi korxona sifatida bozorda o‘z brendining mavqeini jadal rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirmoqda. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan 20 ta avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi foydalanishga topshirildi. Mobil ilovaning ishga tushirilishi mijozlarimizga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir".
Saneg mobil ilovasini App Store va Google Play orqali yuklab olish mumkin.
https://apps.apple.com/uz/app/%D0%B0%D0%B7%D1%81-saneg/id6752605227
Alpha version: 0.9.1.19 build 111717 | Инструменты