Markaziy bankda Hindiston Milliy to‘lov tizimi korporatsiyasi — NPCI vakillari bilan hamkorlik masalasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda mehmonlar raqamli to‘lov tizimlarida Hindiston tajribasi, NPCI to‘lov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, ommabop va qulay xizmatlari, so‘nggi texnologiyalar va kiberxavfsizlik talablariga mosligi xususida taqdimot qilishdi.
Suhbat davomida tomonlar mamlakat to‘lov tizimini takomillashtirish hamda kiberxavfsizlikni rivojlantirish sohalarida tajriba almashish va hamkorlikni o‘rnatish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, NPCI vakillari birlashgan to‘lovlar interfeysi Unified Payments Interface (UPI)ini O‘zbekistondagi HUMO va UZCARD to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish imkoniyatiga qiziqish bildirdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar yuqorida to‘xtalib o‘tilgan mavzular doirasida hamkorlik qilishni davom ettirishga kelishib olishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110604 | Инструменты