Huawei 1
Iyul oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli darajada kamayib, ketma-ket to‘rtinchi oydirki, pasayish davom etmoqda

1-avgust holatiga mamlakat zaxiralari $71,8 mlnga kamayib, $33,6 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Xususan, valyuta aktivlari miqdori $14,9 mln kamayish bilan o‘tgan oyga nisbatan, o‘z ko‘rsatkichini deyarli saqlab qoldi — $9,6 mlrd.

Shu bilan birga, mamlakat oltin zaxiralari ham qisqarib, $23,02 mlrdni tashkil etdi. Natijada, o‘tgan oyga nisbatan uning qiymati $67,1 mlnga kamaygan.

Iyul oyi davomida oltinning fizik hajmi ham 12,1 mln troy unsiyadan 11,8 mln troy unsiyaga kamaydi.

Aprel oyida mamlakat oltin-valyuta zaxiralari $230 mln ga kamaygandi. May oyidagi ko‘rsatkich esa joriy yildagi eng yuqori kamayish qayd etilgan fevral oyidagi natijadan keyingi yuqori ko‘rsatkichdir.

Iyunga kelib esa qimmatbaho zaxiralar hajmi $650 mlnga kamaydi va $33,7 mlrdni tashkil etgan. Iyul oyidagi kamayish esa mamlakat zaxiralarining ketma-ket to‘rtinchi oyda ham qisqarishini qayd etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51103 | Инструменты