Huawei 1
Mamarizo Nurmurodov: O'tgan 9 oy davomida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 35%ga o‘sgan

Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishida Mamarizo Nurmurodov O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi bo'yicha ma'lumot berdi

Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida xorijdan jo‘natilgan pul mablag‘lari hajmi $11,262 mlrdni tashkil etib, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35%ga oshgan.

Markaziy bank raisining qayd etishicha, o‘n oyda amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi 12,5 mlrdga yetgan.

O‘tkazmalarning 77%i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Yanvar-sentabr oylarida mamlakatdan jami $8,755 mlrd miqdorida pul mablag‘lari jo‘natilgan bo‘lib, o‘sish 35%ni tashkil etdi.

Undan keyingi o‘rinda $625 mln bilan Qozog‘iston hamda $420 mln bilan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish — 76%) Janubiy Koreya turibdi.

Shu bilan birga, AQShdan $415 mln, Turkiyadan $291 mln hamda Buyuk Britaniyadan $93 mln miqdorida (67%) pul mablag‘lari jo‘natilgan.

Polsha transchegaraviy jo‘natmalar hajmi o‘sishi bo‘yicha (97%) yuqori o‘rinda joylashdi. O‘tgan davrda mamlakatdan jo‘natilgan mablag‘lar $48 mlnni tashkil etgan. Shuningdek, BAAdan pul jo‘natmalari hajmi 66%ga o‘sdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110603 | Инструменты