Huawei 1
O‘zbekistonda 2024 yilda tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari keskin oshdi

2024 yilda O‘zbekistonning tashqi qarzi bo‘yicha foiz to‘lovlarining umumiy miqdori 3,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Markaziy bankning o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha mamlakatning to‘lov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi va tashqi qarzi to‘g‘risidagi hisobotidan kelib chiqadi.

Tashqi qarz davlat va xususiy qarzlardan iborat. Taʼkidlash joizki, “xususiy” sektor asosan davlat ulushiga ega bo‘lgan kompaniyalar va banklarni aks ettiradi (davlat bank sektori ulushining qariyb 65 foiziga egalik qiladi, shuningdek, o‘tgan yillarda milliardlab dollarlik qarzdorlik qimmatli qog‘ozlarini joylashtirgan Uzauto Motors va “O‘zbekneftgaz”, O‘zmilliybank, “O‘zsanoatqurilishbank” kompaniyalariga egalik qiladi yoki ularda ulushga ega).

Shundan 468 million dollari portfel investitsiyalari (yevroobligatsiyalar) bo‘yicha to‘lovlarga to‘g‘ri keldi, 2,8 milliard dollar — boshqa qarz vositalariga (kreditlar). 2019 yilga nisbatan portfel investitsiyalar bo‘yicha to‘lovlar 10,4 barobar, boshqa vositalar bo‘yicha esa qariyb 4 barobar oshgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41821 | Инструменты