Bugun ertalab oltin narxi 2 990 dollarga chiqdi va yangi rekord qayd etildi.
O‘zbekistonda ham quymalar narxi rekord darajada qimmatladi — 1 gr uchun 1 272 000 so‘m. Shu tariqa 100 gr oltin quymalari narxi birinchi marta 127 mln so‘mga chiqdi.
Tahlilchilar oltin yilning ikkinchi yarmida 3 500 dollargacha chiqishini prognoz qilmoqda. Bu holatda 100 gr ko‘rinishidagi oltin quymalari narxi 150 mln so‘mgacha ko‘tariladi.
Oltin quymalarini banklardan sotib olish mumkin. Ularni zargarlik do‘konlaridan ham sotib olsa bo‘ladi, lekin aksariyat do‘konlarda banklarga nisbatan qimmatroq.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31418 | Инструменты