"Endi eng muhimi — tayyorgarlikni to‘g‘ri olib borish va oxirigacha kurashish" - Kannavaro Portugaliya va Kolumbiya bilan guruh haqida

Mundialda debyut qiladigan O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhdan joy oldi. Italiyalik mutaxassisga ko‘ra, jahon chempionatida raqib tanlashning o‘zi maʼnosiz, chunki bu turnirda har bir jamoa kuchli.

«Bu — jahon chempionati, bu yerda qurʼada kim tushishiga qarab shikoyat qilish mumkin emas. Portugaliya ham, Kolumbiya ham juda jiddiy raqiblar. Futbolchilarimiz uchun bu bellashuvlar katta hayajon va qimmatli tajriba bo‘ladi», — deya taʼkidladi Kannavaro.

Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsad — ishtirokning o‘zi bilan kifoyalanmasdan, har bir o‘yinda bor kuch bilan maydonga tushish va guruh bosqichi oxirigacha kurashish: «Mundialda bo‘layotganimizdan juda mamnunmiz. Endi eng muhimi — tayyorgarlikni to‘g‘ri olib borish va oxirigacha kurashish», — dedi murabbiy.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120611 | Инструменты