Huawei 1
O‘zbekistonning davlat qarzi yarim yilda $3,1 mlrdga oshdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragi yakuniga kelib, O‘zbekistonning davlat qarzi $3,16 milliardga ko‘paygan.

Davlat qarzining umumiy hajmi $43,37 milliardni tashkil etdi. Shuningdan davlatning tashqi qarzi $36,41 milliard, ichki qarzi esa $6,96 milliardga teng.

Shu bilan birga, yil boshidan davlat qarzining YAIMga nisbatan ulushi 35%dan 34,2%gacha pasaygan.

Tashqi qarz tuzilishida 53% xalqaro moliya institutlariga to‘g‘ri keladi:

Osiyo taraqqiyot banki — $7,46 mlrd (20%);

Jahon banki — $7,84 mlrd (22%);

Islom taraqqiyot banki — $935 mln (3%);

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — $1,69 mlrd (5%);

Xalqaro valyuta jamg‘armasi — $642 mln (2%);

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — $401 mln (1%).

31% esa xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlariga to‘g‘ri keladi:

Xitoyning Eksport-import davlat banki va boshqa tashkilotlariga qarz — $3,86 mlrd (11%);

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va boshqa yapon tashkilotlariga — $3,18 mlrd (9%);

Fransiya taraqqiyot agentligiga — $1,16 mlrd (3%).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90322 | Инструменты