Huawei 1
"O‘zmilliybank" AJ mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlab milliy valyutada yangi omonatni taklif etdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Mustaqilligimizning 30-yilligiga bag‘ishlab jismoniy shaxslar uchun milliy valyutada yangi - "O'ttiz yillik" muddatli omonatini taklif qildi.

Bankda omonatni saqlash muddati – 3 oy. Yillik foiz stavkasi esa bank filialidan ochilganda - 22%, mobil ilovada ochilganda – 22%. Shuningdek, qo‘shimcha badallar qabul qilinmaydi.

Shu bilan birga, hisoblangan foizlar omonat muddati tugagandan so‘ng to‘lab beriladi, talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi va talab qilib olinguncha hisob raqamga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, omonatni rasmiylashtirgan omonatchiga sovg‘a sifatida Masretcard Gold kartasi ochiladi.

Omonatni qabul qilish muddati 2021 yilning 30 sentyabriga qadar davom etadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni “O‘zmilliybank” AJning rasmiy veb-sayti, istalgan filiallaridan yoki 78 148-00-10 telefon raqami orqali olish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52800 | Инструменты