Huawei 1
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan tadbirkorlarga sohada kutilayotgan oʻzgarishlar mohiyati tushuntirildi

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Andijon va Fargʻona viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tajribali mutaxassisi – iqtisod fanlari doktori, professor Toʻlqin Boboqulov ishtirok etdi.

Hukumat tomonidan Prezidentning shu yil 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan  oʻtkazgan ochiq muloqoti doirasida kelib tushgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan yoʻl xaritasi ishlab chiqildi. Unda soha subyektlarini qoʻllab-quvvatlashda mazilli ishlar belgilandi.

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ushbu vazifalar ijrosi doirasida  sohaga oid islohotlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va iqtisodiy koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashish maqsadida tadbirlar oʻtkazila boshlandi.Andijon va fargʻonalik tadbirkorlar ishtirokidagi uchrashuvda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professori Toʻlqin Boboqulov davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvidagi nutqining asosiy jihatlariga toʻxtaldi.

Ochiq muloqotda ilgari surilgan 5 ta yoʻnalishdagi tashabbuslar mamlakat va soha vakillari uchun qanday manfaat keltirishi ilmiy-amaliy jihatdan xalqaro tajribalar asosida tushuntirildi.Korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida yondashuvlarni belgilash, yangi soliq yuklari, yangi loyihalarni amalga oshirishda qulay moliyalashtirish tizimini yaratish, mulk huquqini himoyalash borasidagi oʻzgarishlarning samaradorligi tahlil qilindi.

Ochiq muloqot ruhida oʻtgan uchrashuvda tadbirkorlar ham soʻz oldi. Ularning bank bilan hamkorlikdagi yangi loyihalari ahamiyati muhokama etildi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121214 | Инструменты