Huawei 1
Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekiston iqtisodiyoti bo'yicha yangi hisobotni taqdim etdi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning nashri mamlakat iqtisodiyotining 2021-yilning birinchi yarmida 6,2% ga oʻsishini qayd etdi. Bu bo'yicha bank o'z hisobotida ma'lum qilgan. 

Unda keltirilishicha, O'zbekistonda xizmat koʻrsatish sohasidagi oʻsish 8% gacha tezlashgan. Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekiston iqtisodiyoti bu yil 5,0%, kelasi yil 5,5% oʻsishini kutmoqda. Ma'lum bo'lishicha, bank mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2021-yilda 4% va 2022-yilda 5% gacha oʻsishini qayd etgandi.

Inflyatsiya 2021-yilning birinchi yarmida sekinlashdi va oʻtgan yilgi 13,9 % dan 10,9% gacha tushdi. OTB 2021 va 2022-yillar uchun inflyatsiya prognozlarini mos ravishda 10% va 9% saqlab qoldi.

OTBning Oʻzbekistondagi mintaqaviy direktorining soʻzlariga koʻra, emlash dasturining amalga oshirilishi xalqni himoya qilish va mamlakat iqtisodiy oʻsishini qoʻllab-quvvatlash uchun muhim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61420 | Инструменты