Paxta terim puli 1200 soʻm etib belgilandi. Ikkinchi terim undan ham ko'p bo'lishi ma'lum qilindi
Bu yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumida qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1200 soʻmdan, ikkinchi terimda 1500 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlash belgilandi.
Bu haqda Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Saʼdulla Tojiyev ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatining chekka tumanlarida terimchilarni qoʻshimcha jalb qilish maqsadida qoʻlda terilgan xar bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun Respublika byudjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan 230 soʻmdan ustama haq toʻlanishini taʼminlanadi.
Shuningdek, klasterlar oʻzlariga biriktirilgan xududlarda terim pulini mustaqil belgilashi, yaʼni tavsiya etilayotgan narxlardan yuqori miqdorda haq toʻlashlari ham mumkinligi ma'lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты