Qurbon hayiti bayramida ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati davom ettiriladi. Bunga Spot e’tibor qaratdi.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni etib 6-iyun (juma) belgilandi. Natijada fuqarolar joriy yilgi bayramda ketma-ket uch kun dam oladi.
7-iyun (shanba) kuni haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha, 5 kunliklar uchun esa odatiy dam olish kuni hisoblanadi. 8-iyun (yakshanba) — barcha uchun dam olish kuni.
Shu kunlar davomida quyidagi banklar valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatini ko‘rsatadi:
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60723 | Инструменты