Tokio shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev 28 may kuni Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar o‘rinbosari Xisashi Matsumoto bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda vizani liberallashtirish, gumanitar va biznes almashinuvi, xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalarni qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, mehnat migratsiyasi va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xisashi Matsumoto O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlari rivojlanishining ijobiy dinamikasini qayd etib, Yaponiya Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor sifatida O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini alohida taʼkidladi va uning yana-da chuqurlashishiga umid bildirdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikning barcha sohalarida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida yaqin aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты