Huawei 1
Rossiyalik o‘qituvchilarning Toshkent shahrida ijarada yashash uchun 217 mln so‘mlik xarajatlari budjet hisobidan qoplab beriladi

7 nafar rossiyalik o‘qituvchilarning yanvardan mayga qadar Toshkent shahrida ijarada yashash uchun ketadigan 217 mln so‘mlik xarajatlari poytaxt budjet hisobidan qoplab beriladi. Tegishli shahar hokimi farmoyishi joriy yil 10-fevral kuni imzolangan.

Hisoblab ko'rilsa, har bir rossiyalik o‘qituvchi uchun har oyda 6,2 mln so‘mdan, ya’ni qariyb 600 dollardan to‘lab beriladi degani. Ushbu qarorni jamiyat faollari tanqid qilib chiqishdi.

Xususan, iqtisodchi bloger Otabek Bakirovning aytishicha, o‘qituvchilar poytaxtda eng kambag‘al va zaif toifaga aylanib bo‘lgan.

"Yashash qiymati viloyatlarga nisbatan karrasiga baland Toshkentda pedagoglarga haq to‘lash viloyatlar bilan bir xil. Viloyatlar bilan bir darajada bo‘lgan maoshlarga Toshkentda oila boqish tugul, alohida shaxsning o‘rtacha hayot kechirishi juda qiyin masala.

Normal davlatlarda, hatto unchalik normal bo‘lmagan davlatlarda ham poytaxt miqyosida yashash qiymatini hisobga olib pedagoglarda qo‘shimcha ustamalar belgilanadi. Bu ta’lim sifatini bir me’yorda ushlash bilan birga pedagoglarning boshqa ish haqi balandroq sohalarga o‘tib ketmasligini oldini oladi. 

Moskvadayam shunday, Astanadayam shunday, hatto budjeti Toshkentnikidan kichik bo‘lgan Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda ham o‘qituvchilar uchun shahar budjetidan ustamalar bor. Lekin Toshkentda unday emas emas", deb yozdi bloger.

Otabek Bakirov o'z postini "pedagoglarning abgor holati va poytaxt maktablari degradasiyasi bilan ularning nima ishi bor?", deya kinoyali savol bilan yakunlagan.

Ushbu mavzu haqida firkini sobiq deputat, hozirda tabiat resurslari vaziri maslahatchisi bo‘lgan Rasul Kusherbayev ham o'zining Telegram kanalida yozib qoldirgan:

"O‘zbekistonda eng boy byudjet hisoblangan Toshkent shahar budjetini istagan yo‘nalishda o‘zlashtirish va sarflash mumkin, lekin aslo o‘zimizning o‘qituvchilar daromadini oshirish uchun emas. Rossiyalik o‘qituvchilarning esa o‘rni bo‘lak. Ular og‘alar. Ko‘ngli nozuk", deb yozgan Kusherbayev. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60601 | Инструменты