Huawei 1
Rasul Kusherbayev tabiat resurslari vaziri maslahatchisi bo‘ldi

Oliy Majlisning sobiq deputati Rasul Kusherbayev faoliyatini Tabiat resurslari vazirligida davom ettiradi. U bugun, 1-fevral kuni vazir maslahatchisi etib tayinlangan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi negizida tashkil etilgan vazirlikni sobiq bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshqarmoqda.

36 yoshli Rasul Kusherbayev oxirgi yillarda O‘zbekiston parlamentidagi eng taniqli deputat edi. Xususan, ekologik mavzularda ham faollik ko‘rsatgan.

U 2014 va 2019-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. 

O‘tgan yil oxirida Qonunchilik palatasi spiker o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov 2023-yilgi Davlat budjeti muhokamasi chog‘ida unga so‘z bermagani uchun Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan edi. "Bunday ishlay olmas ekanman, bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman", — deb yozgandi u.

Keyinroq sobiq deputat internetda uni Toshkent hokimi etib tayinlash haqidagi takliflarga javoban "bu xalqning xohishi bo‘lishi mumkin, rahbariyatning emas", dedi. U bunga rozi bo‘lmasligini, chunki "noqonuniy buyruqlar"ni bajarishni istamasligini bildirgandi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60710 | Инструменты