So‘nggi yillarda aholining banklarga bo‘lgan ishonchi oshib, omonatlar turi ko‘paymoqda.
Bankning o‘z mijozlari ishonchini qozonishi va o‘zaro munosabatlarning yana-da mustahkamlanishi bank o‘z mijozlariga ishonchli hamkori sifatida qarashiga, qo‘yilgan omonatlarning to‘la saqlanishini taʼminlashiga bog‘liq. Shu jihatdan, har bir omonatchi undan cheklovlarsiz, ixtiyoriy ravishda foydalanmoqda.
Markaziy bankning maʼlum qilishicha, avgust oyida tijorat banklaridagi depozitlar qoldig‘i 7,7 trillion so‘mga o‘sib, 283,1 trillion so‘mga yetgan.
Depozitlar o‘sishining asosiy qismi aholi omonatlariga to‘g‘ri kelgan (+5,2 trln.so‘m). Korporativ depozitlar qoldig‘i kamroq, 2,5 trillion so‘mga ko‘paygan.
O‘tgan oyda depozitlar jamg‘arishda O‘zsanoatqurilishbank (+1,8 trln.so‘m), Agrobank (+1,3 trln.so‘m) va Anorbank (+1,0 trln.so‘m) yetakchi bo‘lgan.
Bozorning yangi ishtirokchilaridan Hayotbank, Apeksbank va Yangi bank depozit bozorida faollashmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты