Bugun "Mikrokreditbank"ning Toshkent viloyat boshqarmasi elektron to'lovlar sohasida faol ish olib bormoqda. Toshkent boshqarmasi filiallari tomonidan 1 iyul holatiga binoan hammasi bo'lib 10,7 mingta plastik kartalar muomalaga chiqarildi, va ulardan foydalanish uchun 63 ta terminal o'rnatildi.
Shuningdek bankning viloyat filiali jalb etuvchi depozitlarni ishlab chiqqan holda aholining bo'sh pul mablag'larini omonatlarga jalb etmoqda. Shunday qilib, bank depozitlari uchun jalb etilgan pul mablag'lari birinchi yarim yillik holatiga binoan 1,3 mlrd. so'mdan oshib ketdi.
Bugungi kunda bankda yillik daromadi 18 foizni tashkil etgan "Orzu", yillik daromadi 24 foizlik "Nurafshon", yillik daromadi 18 foizlik "Nuroniy", yillik daromadi 18 foizlik "Tejamkor kommunalchi" depozitlari taklif etilmoqda. Bundan tashqari, yillik daromadi 20 foizni tashkil etgan "Xazina karta" omonati ham taklif etiladi.
Ta'kidlash lozimki, "Mikrokreditbank"ning mazkur bo'linmasi viloyat aholisi uchun qulaylik yaratgan holda kommunal to'lovlarni ham yig'ib boradi. Shunday qilib, tahlil etilayotgan davrda ular tomonian 292,5 mln. so'm jamlandi.
Hozirgi vaqtda Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan 27 ta mini-bank va 6 ta filiallar tashkil etilgan.