Huawei 1
So‘nggi 150 yilda hech qachon kuzatilmagan eng issiq harorat rekordi yangilandi

4-iyul kuni poytaxtda  so‘nggi 150 yilda hech qachon kuzatilmagan eng issiq harorat rekordi yangilandi. Kecha Toshkent shahrida joylashgan O‘zgidrometning "Toshkent-Observatoriya" stansiyasida havo haroratining maksimal qiymati +43.5 darajaga yetgan. Bu haqida O‘zgidromet xabar bermoqda.

Toshkentda kuzatuvlar boshlangan 1868-yildan buyon hech qachon 4-iyul kunlarida bunday yuqori havo harorati qiymati qayd etilmagan.

 Eslatib o‘tamiz, poytaxtda kuzatuvlar davrida eng yuqori harorat qiymati 1997-yil 18-iyulda qayd etilgan va o‘shanda termometr ustunchasi +44.6 darajaga ko‘tarilgan. Kecha poytaxtda havo harorati qiymati o‘sha ko‘rsatkichga 1 daraja yetmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72707 | Инструменты