So‘nggi kunlarda poytaxt aholisi ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida elektr ta’minotida uzilishlar ko‘paygani haqida yozyapti.
Mazkur holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rasmiy munosabat bildirib, ayni paytda Toshkent shahri va viloyatlarda “kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish” hamda davlat dasturlari, sohaga oid qaror va farmonlar ijrosini ta’minlash maqsadida taqsimlash tarmoqlarida yangilash hamda ta’mirlash ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
“Tarmoqlarni yangilash va mavsumga tayyorgarlik ishlari kechiktirib bo‘lmaydigan yumushlar sirasiga kirib, ayni paytda yozning issiq kunlariga qaramasdan ham olib borilyapti. Shu bilan bir qatorda kunning issiq kunlarida ma’lum hududlarda avariyaviy holatlar yuzaga kelishi ham elektr energiyasida uzilishlarni vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Bu holatlar jamiyatning tuman, shahar elektr ta’minoti bo‘limlarining tezkor chiqish brigadalari tomonidan qisqa muddatlarda bartarf etilishi ta’minlanyapti”, deyiladi xabarda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘rab, elektr energiyasining rejalashtirilgan uzilishlari haqida aholini xabardor qilish ishlarini yaxshilashga va’da berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70521 | Инструменты