13-sentabr: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Yevropa Chempionlar Ligasi yangi mavsumi 2-turida o'rin olgan “Bavariya” – “Barselona” bahsida myunxenliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Lyuka Ernandes va Leroy Sane mualliflik qildi;

* Tomas Myuller: “Messi yoki Ronaldu? Men Ronalduni tanlayman. Menda Messiga qarshi ajoyib statistik bor, Ronalduga qarshi esa bunday qilolmaganman”;

* “Barselona” Gavi bilan amaldagi shartnomasini 2026-yilga qadar uzaytirdi va uning tovon pulini 1 mlrd yevro etib belgilab qo'ydi;

* Yevropa Chempionlar Ligasi yangi mavsumi 2-turidan o‘rin olgan “Viktoria Plzen” – “Inter” bahsida milanliklar 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Sporting” esa 90 va 93-daqiqalarda urilgan gollar evaziga “Tottenhem”ni yengdi;

* “Sporting” tarixda o'z uyida hech bir ingliz jamoasini mag'lub eta olmagan. “Tottenhem” ular orasida birinchi bo‘ldi;

* Yevropa Chempionlar Ligasi 2-turi doirasidagi “Bayer” – “Atletiko” bahsida madridliklar kutilmaganda 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi. “Portu” esa o'z uyida “Bryugge”ga yirik 0:4 hisobida yengildi;

* Yevropa Chempionlar Ligasi yangi mavsumi 2-turidan o'rin olgan “Liverpul” – “Ayaks” bahsida mersisaydliklar so'nggi daqiqalardi hal qiluvchi gol tufayli 2:1 hisobidagi qiyin g'alabaga erishdi;

* “Bavariya” hamda “Barselona” o'rtasidagi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb Jamol Musiala topildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10616 | Инструменты