2022-yilda dunyoning eng ko'p maosh olgan top-10 futbolchisi nomi e'lon qilindi

2022-yilda dunyoning eng ko'p maosh olgan top-10 futbolchisi nomi e'lon qilindi. Unga ko'ra, "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe reytingda birinchi o'rinni egalladi.

Sportico hisob-kitoblariga ko'ra, futbolchi 2022-2023-yilgi mavsumda 125 million dollar ishlab topdi, shundan 105 millioni maosh, 20 millioni esa reklamadan tushadigan daromad.

Ikkinchi o‘rinda “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu egalladi. U 113 million dollar, jumladan 53 million dollar maosh va homiylar hisobidan esa 60 million dollar daromadga ega bo'ldi. Birinchi uchlikni "PSJ" hujumchisi Lionel Messi yopadi - 110 million dollar (62+48).

Qolgan 10 talik quyidagicha:

4. Neymar – "PSJ" hujumchisi, 91 million (56+35);

5. Muhammad Saloh – “Liverpul” hujumchisi, 39,5 million (24,5+15);

6. Eden Azar – “Real” yarim himoyachisi, 31,3 million (28,6+2,5);

7. Andres Inyesta – “Vissel Kobe” yarim himoyachisi, 30 million (23+7);

8. Rahim Sterling – “Chelsi” yarim himoyachisi, 29,4 million (21,4+8);

9. Kevin de Bryuyne – “Manchester Siti” yarim himoyachisi, 29 million (25,5+3,5);

10. Antuan Grizman – “Atletiko” hujumchisi, 27,5 million (22+5,5).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10703 | Инструменты