Abbosbek Fayzullayev RPLning 23-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi

O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premyer Ligasining 23-tur ramziy jamoasiga kiritildi. 

“SSKA” sharafini himoya qilayotgan Fayzullayev “Fakel”ga qarshi o‘yinning 75-daqiqasida gol urib, jamoasinining yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

“Match TV” o‘zbekistonlik yarim himoyachini 23-tur ramziy jamoasiga kiritdi.

Abbosbek joriy mavsum RPLda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72707 | Инструменты