O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi a’zosi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatining 15-tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi.
Nashr tomonidan tuzilgan reytingda 20 yoshli futbolchining xatti-harakatlari 7 ballga loyiq ko‘rildi. Ramziy jamoaga eng ko‘p “Marsel” klubidan futbolchi kiritilgan.
Husanov va uning jamoasi 15-turda safarda “Oser” klubi bilan to‘qnash kelib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Garchi “Lans” o‘z darvozasidan 2 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa ham, o‘zbekistonlik futbolchi o‘zining ishonchli xatti-harakatlari bilan ajralib turdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121714 | Инструменты