Huawei 1
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning YeChL pley-off o‘yinlari uchun qaydnomasiga kiritildi

Pep Gvardiola mavsumning ikkinchi qismidagi yevrokubok o‘yinlari uchun Abduqodir Husanovni ham «zayavka»dan o‘tkazgan. Shuningdek, yangi o‘yinchilardan Omar Marmush va Niko Gonsales ham UYeFAga topshirilgan ro‘yxatdan joy oldi. Qishki transferlardan Vitor Reys va Klaudio Echchiveri esa bu tarkibga kiritilmadi. Jarohatidan tuzalmagan Rodri ham ro‘yxatga qo‘shilgan.

Shu tariqa, Abduqodir Husanov «Siti»ning «Real»ga qarshi 11 fevral kungi o‘tish o‘yinida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Javob uchrashuvi 19 fevralda Madridda bo‘lib o‘tadi.

«Manchester Siti»ning YeChL pley-off o‘yinlari uchun 23 o‘yinchidan iborat qaydnomasi:

Darvozabonlar: Ederson, Stefan Ortega, Skott Karson

Himoyachilar: Manuel Akanji, Natan Ake, Ruben Dias, Jon Stouns, Abduqodir Husanov, Yoshko Gvardiol.

Yarimhimoyachilar: Niko, Ilkay Gundo‘g‘an, Jyek Grilish, Kevin De Bryuyne, Bernardo, Rodri, Kovachich, Nunes, Jyeyms Makati, Foden, Doku, Savino

Hujumchilar: Erling Holand, Omar Marmush.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31209 | Инструменты