Shuhrat Oripov O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. bo‘ldi

Oripov Shuxratjon Orip o‘g‘li O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu qaror Jurnalistlar uyushmasi Boshqaruvining bugungi yig‘ilishida qabul qilingan.

Shuhrat Oripov mehnat faoliyatini 1999 yilda jurnalist sifatida boshlagan. U bir qancha gazetalarda faoliyat yuritgan.

Keyinchalik davlat va jamoat tashkilotlarida (Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida), shuningdek, siyosiy partiya (UzLiDep) tizimida axborot siyosati va matbuot xizmati yo‘nalishlarida faoliyat olib borgan.

Sh.Oripov jurnalistikada qariyb 27 yillik tajribaga ega. Jurnalistika va axborot sohasidagi ko‘p yillik tajribasi, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashdagi faoliyati hamda davlat va jamoat tashkilotlaridagi samarali mehnati uning yangi lavozimda ham salmoqli natijalarga erishishiga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30615 | Инструменты