“Sug'orishda suv yo'qotishlarini kamaytirish va suv tanqisligining oldini olish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–79-son, 05.03.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, quyidagilar mazkur qarorni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsadli ko'rsatkichlar etib belgilandi:
- Suv xo'jaligi vazirligi tizimidagi suv yo'qotilishi yuqori bo'lgan 389 km kanallarni rekonstruksiya qilish va betonlashtirish. Bunda:
- yiliga o'rtacha 206 mln metr kub suv resurslarini hamda 26 mln kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilish;
- sug'oriladigan 158,4 ming gektar yerlarning suv ta'minotini yaxshilash;
- suv tanqisligi sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish choralarini ko'rish.
Sug'orish tarmoqlarini ta'mirlash (betonlashtirish) ishlari birinchi navbatda, “bir kanal – bir tizim” tamoyili asosida avval betonlashtirilgan yoki betonlashtirish boshlangan kanallardan suv oluvchi tarmoqlarda amalga oshirilishi ta'minlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30702 | Инструменты