Huawei 1
Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o‘tishi aniq bo‘ldi

U APLda o‘ynaydigan ilk o‘zbekistonlikka aylanadi.

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o‘tishi hal bo‘ldi, deb yozdi taniqli insayder Fabritsio Romano.

"Manchester Siti" 20 yoshli himoyachi uchun “Lans”ga 40 mln yevro to‘laydi. Yana bonuslar ham bo‘ladi.

Abduqodir dam olish kunlari tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va APL klubi bilan 2029-yil iyunigacha shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Lans” Husanovni 2023 yil iyul oyida “Energetik-BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12211 | Инструменты