Murabbiy YChL finali haqida fikr bildirdi
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasi finalida “Liverpul”ga qarshi toʻqnash kelishi haqida fikr bildirdi.
“Biz finalda yana bir kuchli raqibga qarshi oʻynashimizdan xursandman. Albatta, bunday oʻyinlarga oʻrganib qolganmiz.
Aql bovar qilmaydigan futbol oqshomi kutmoqda. Men uchun “Liverpul” bilan final derbiga oʻxshaydi, chunki evertonlik boʻlib qolaman. G'alaba qozonsak, buni “Everton”ga bag'ishlayman”, — deydi Anchelotti.
Ma'lumot uchun, “Papa Karlo” 2019-yildan 2021-yilgacha Liverpul shahrining boshqa bir klubi “Everton”ni boshqargan va oʻtgan yozda Madrid klubiga ko'chib o'tgan.
Eslatib o'tamiz, YChL finali 28-may kuni Parijdagi “Park de Prens” stadionida bo'lib o'tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50209 | Инструменты