Huawei 1
Joriy yil yakunida respublika hududining 1:200 000 masshtabda to‘liq raqamli geologik xaritalar to‘plami yaratilishi rejalashtirilgan

Budjet mablag‘lari hisobidan 389 ming 400 m burg‘ilash, 4 ming 630 m yer osti va 178 ming 800 kub m yer usti tog‘-kon ishlari bajarildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi masʼul xodimi Nafisa Dulabova maʼlum qildi.

Shuningdek, uglevodorod xomashyosiga izlov-parametrik burg‘ilash uchun neft va gazga istiqbolli 18 ta yangi strukturalar tayyorlandi.

Natijada oltin – 103 foiz, kumush – 169 foiz, mis – 105 foiz, qo‘rg‘oshin – 101 foiz, rux – 123 foiz, volfram – 103 foiz, ko‘mir – 125 foiz, ohaktosh – 300 foiz, marmar - 161 foiz, gips – 227 foiz, dolomit – 427 foiz, qurilish toshlari – 244 foiz miqdorida zaxiralari ko‘paytirildi. 

Shu bilan birga, prognoz resurslar bo‘yicha oltin – 100 foiz, kumush – 179 foiz, mis – 101 foiz, qo‘rg‘oshin – 101 foiz, rux – 121 foiz, volfram – 122 foiz, uglevodorodning – 194 foiz miqdorida o‘stirildi.

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan geologiya–qidiruv ishlari natijasida respublika hududining geologik jihatdan o‘rganilganlik darajasi 128 ming kv kmdan 180 ming kv kmga  yetkazildi. 

2024 yilda 13 ta asosiy turdagi kon va maydonlar (181,8 mlrd. so‘m), 19 ta sochma oltin yer qaʼri uchastkalari (9,5 mlrd. so‘m) va 170 ta noruda foydali qazilma kon va maydonlari (48,5 mlrd. so‘m) auksion tanlovlarida realizatsiya qilinib, jami 239 mlrd 890 mln so‘mga sotilgan. 

2025 yil boshidan beri Davlat dasturi doirasida 154 ta geologik loyiha bo‘yicha geologiya qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60515 | Инструменты