Huawei 1
Angliya Premyer-ligasi uchrashuvlarini UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida kuzatib boring!

Angliya Premyer-ligasida yangi mavsum boshlanmoqda. Ertaga “Brentford” va “Arsenal” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan APLning 2021/2022-yilgi mavsumi start oladi.

UZREPORT TV va FUTBOL TVda Angliya chempionatidan o‘rin olgan uchrashuvlarning jonli translyatsiyalari davom etadi.

Mavsum oldidan amaldagi chempion “ManSiti” jamoasi o‘z chempionlik unvonini saqlab qolish uchun tarkibni yanada kuchaytirdi. Ammo “Liverpul”, “Chelsi” va “MYU” ham yozda jim turgani yo‘q va tarkibiga bir qator yulduz futbolchilarni jalb etdi. Shunday ekan Gvardiola jamoasiga yangi mavsumda oson bo‘lmasligi aniq.

Ustiga ustak Shimoliy London klublari ham yangi mavsumda o‘z natijalarini yaxshilashga bel bog‘lashgan. Bir so‘z bilan aytganda bu mavsumdagi kurash avvalgilaridan ham murosasiz kechishi kutilmoqda.

Dunyoning eng tomoshabop ligasi hisoblanmish APLni UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida kuzatib boring!

Ertaga 13-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55dan boshlab “Brentford” - “Arsenal” o‘yinini UZREPORT TV telekanalida tomosha qiling!

Izohlar: 11
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60808 | Инструменты