Angliya terma jamoasida 4-yo'qotish: yana bir muhim futbolchi Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin
Angliyaning “Chelsi” klubi himoyachisi Ben Chiluell terma jamoasi bilan Qatardagi JCH-2022’ga borishi soʻroq ostida.
Nufuzli “The Telegraph” nashri xabariga koʻra, angliyalik himoyachining Yevropa Chempionlar Ligasi 6-turi doirasidagi “Dinamo Zagreb”ga qarshi oʻyinida (2:1) olgan jarohati jiddiy ekanligi aytilmoqda. Chiluell son mushaklarining shikastlanishi sababli nafaqat Mundialni oʻtkazib yuborishi, balki uzoq muddatga ham safdan chiqqan boʻlishi mumkin. Mutaxassislar futbolchining 3 oy futbol oʻynolmasligi mumkinligini taxmin qilgan. Aniq tashxis tez orada oʻtkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan keyin oydinlashadi
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Angliya terma jamoasining yana uch futbolchisi jarohat sababli JCH-2022’ni oʻtkazib yuborishi taxmin qilingandi. Bular “Chelsi” himoyachisi Ris Jeyms, “Manchester Siti” oʻyinchilari Kayl Uoker hamda Kelvin Fillips hisoblanadi.
Avvalroq, Germaniya Jahon chempionatiga Noyersiz boradimi, degan savolga “Bavariya” shifokori javob bergani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60612 | Инструменты