Germaniya Jahon chempionatiga Noyersiz boradimi? “Bavariya” shifokori javob berdi
Germaniyaning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer jarohatidan soʻng mashgʻulotlarga qaytdi va tez orada sport formasini tiklab olishi kutilmoqda.
“Noyer bizni biroz xavotirga qo'ydi, lekin uning tezda tuzalishini bilar edik. Mundial Noyersiz o'tmaydi, u Germaniya bilan birga Qatarga yo'l oladi. O'ylaymizki, u 2014-yilda namoyish etgan o'yinini yana takrorlay oladi”, — deydi Myunxen klubi shifokorlaridan biri.
Ta'kidlanishicha, Noyer 2022-yilgi Jahon chempionatiga qadar toʻliq tiklanishga ulgurishi mumkin. 36 yoshli darvozabon turnirga borishdan oldin Bundesligada bir nechta oʻyin oʻtkazishni rejalashtirgan.
Eslatib o'tamiz, futbolchi jarohati tufayli “rekordmayster”ning 7 ta uchrashuvini oʻtkazib yuborgandi.
Avvalroq, Fransiya terma jamoasining 2 muhim yarim himoyachisi — Ngolo Kante hamda Pol Pogba Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60704 | Инструменты