Huawei 1
Argentina terma jamoasi a'zosi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Paulo Dibala A Seriyaning 9-turi doirasida kechgan “Lechche”ga qarshi bahsda jarohat oldi.

Argentinalik futbolchi uchrashuvning 48-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi va oradan 2 daqiqa o‘tgach jarohat tufayli zaxiraga olindi. O‘yindan so‘ng rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo Dibalaning jarohat olganini izohladi:

“Jarohat jiddiyga o‘xshayapti. Ayniqsa, Paulo bilan gaplashganimdan keyin vaziyat jiddiyligini his qildim. Barchasi yomon deb o‘ylayman”.

Paulo 2022-23-yilgi mavsum “Roma” safida barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102420 | Инструменты