Huawei 1
“Arsenal” beshta to‘purarni nishonga oldi

“Arsenal” yozda hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirishga qaror qilgan. The Guardian nashri “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta besh nafar to‘purarni nishonga olgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Birinchi navbatda,  ispaniyalik murabbiy talabi bilan klub mutasaddilari Aleksandr Isaak (“Nyukasl”), Dushan Vlaxovich (“Yuventus”) hamda Maykl Olise (“Kristal Pelas”) kabi hujumchilarni olishga harakat qilishi kerak.

Shuningdek, ro‘yxatga “Napoli”dan ketishni rejalashtirayotgan Viktor Isimxen va Portugaliyada chempionatida porlay boshlagan “Sporting” forvardi Viktor Dyokeresh ham bor. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga